OʼR MB Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga qabul boshlanmoqda. Bugun oliygohimizda institut 2-boʼlimi boshchiligida shu mavzudagi navbatdagi tadbir tashkil etildi. Malumot oʼrnida, oʼtgan yilgi qabul jarayonlarida oliygohimiz 3-bosqich bitiruvchilari faol ishtirok etib, ulardan 8 nafari kelajakda, Respublika Qurolli Kuchlari tizimida xizmat qilish imkoniyatini qoʼlga kiritdi. Bu esa, Respublika texnika oliygohlari ichida peshqadamlik demakdir. Bugungi oʼtkazilgan tadbirda ham tashrif buyurgan mutassadilar oliygohimiz jamoasini yuksak natija bilan qutlab, bu yilgi qabulda ham peshqadamlik qoʼldan boy berilmasligiga ishonch bildirdi. Tadbir savol-javoblar va ochiq muloqot tarzida davom etdi.