Joriy yilning 4-mart kuni Buxoro muhandislik -texnologiya institutida Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasida 101083216 - ECAMPUZ “European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” loyihasining institut miqiyosidagi birinchi jamoa uchrashuvi o‘tkazildi.

   

Ushbu tadbir jory 2023 yilning 16-17 fevral kunlari Toshkent shahridagi Toshent kimyo texnologiya institutida o`tkazilgan birinchi uchrashuvidan keyin institut jamoasiga loyiha maqsadi va vazifalari bilan tanishtiriib chiqish, loyiha ish-rejasini tuzish va hamkorlik shartnomasini muhokama qilish maqsadida bo'lib o'tdi.

         Ushbu uchrashuvda loyihaning institutdagi kordinatori Raxmonov Kakramon Sanoqulovich taqdimot qilib, loyiha a`zolari va institut jamoasini loyiha bilan batafsil tanishtirib chiqdi.

 

         Tadiqmot oxirida loyihaning institutdagi mas`ul vakili Ibragimov Ulug`bek Muradilloyevich loyiha a`zolari va jamoani o`zining tajribalari, loyiha bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlar va birinchi navbatdagi bajarilishi zarur bo`lgan ishlar bilan tanishtirdi.

         Shundan so`ng loyiha bo`yicha va bajariladigan ishlar hamda vazifalar taqsimoti bo`yicha jamoa birgalikda muhokama qilishdi va yechimga kelishdi.

 

 

Muallif: U.M.Ibragimov