Akademik litsey va kasb hunar-kollejlari bilan ishlash bo`limi

Institutga biriktirilgan akademik litsey va kasb hunar-kollejlari bilan hamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar.

Institut akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’limida quyidagi pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqda.

Institut professor-o’qituvchilari tomonidan 2017-2018 o’quv yilida biriktirilgan akademik litsey va kasb–hunar kollejlarida ta’lim samaradorligini oshirish borasida quyidagi hamkorlik ishlari amalga oshirildi:

– Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ma’naviy – ma’rifiy tadbirlar samaradorligini yuksaltirish, laboratoriya jihozlaridan foydalanish qoidalari va uning o’quv-uslubiy ta’minoti, o’quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish kabi mavzularda 76 ta seminar-treninglar   o’tkazildi;

– institut professor-o’qituvchilari hamda Buxoro engil sanoat va pedagogika kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, Buxoro  iqtisodiyot va bank  kolleji o’qituvchilari tomonidan turdosh yo’nalishlar bo’yicha 30 dan ortiq fanlardan ta’lim texnologiyalarining yangi avlodi ishlab chiqilib o’quv jarayoniga tadbiq etildi;

– institut professor-o’qituvchilari tomonidan oxirgi 3 yilda kasb-hunar kollejlari uchun 19 nomdagi darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. 2016 yilda “Yilning eng yaxshi o’quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida institut professor-o’qituvchilari tomonidan kasb –hunar kollejlari uchun yaratilgan 1 ta o’quv qo’llanma tanlovda sovrinli 3-o’rinni egalladi.

– institut va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari hamkorligida  40 dan ortiq laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar yaratildi;

– o’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim jarayonini rivojlantirish maqsadida institutning 40 nafardan ortiq  etakchi professor-o’qituvchilari va magistrantlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o’quv jarayonida soatbay va o’rindosh sifatida  faoliyat olib bordi;

– 2014 yil 18-19 mart kunlari  institutda “Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamkorligining dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Oliy va kasb-xunar ta’lim muammolariga qaratilgan 300 dan ortiq maqolalar to’plamlarda chop etildi, 5 ta yo’nalish bo’yicha eng dolzarb deb topilgan maqola mualliflari hamda 10 nafar eng faol ishchi guruhi rahbarlari estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar;

– 2015 yil 27-28 noyabr kunlari institut hamda SHofirkon qurilish va servis kasb-hunar kolleji va Peshko’ sanoat kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda “Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamkorligining dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Oliy va   kasb-xunar ta’lim muammolariga qaratilgan 110 dan ortiq maqolalar to’plamlarda chop etildi, 3 ta yo’nalish bo’yicha eng dolzarb deb topilgan maqola mualliflari hamda 5 nafar eng faol ishchi guruhi rahbarlari estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar;

– 2016 yil 20-21 may kunlari  institutda “Oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalari hamkorligining dolzarb muammolari” mavzusida II-Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Oliy va   kasb-xunar ta’lim muammolariga qaratilgan 500 dan ortiq maqolalar to’plamlarda chop etildi, 7 ta yo’nalish bo’yicha eng dolzarb deb topilgan maqola mualliflari hamda 8 nafar eng faol ishchi guruhi rahbarlari estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar;

– 2017 yil 17 mart kuni  institut va Peshko’ sanoat kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda “Kasbim mening-faxrim mening” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Oliy va kasb-xunar ta’lim muammolariga qaratilgan 120 dan ortiq maqolalar to’plamlarda chop etildi, 5 ta yo’nalish bo’yicha eng dolzarb deb topilgan maqola mualliflari hamda 5 nafar eng faol ishchi guruhi rahbarlari estalik sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar;

2017-2018 o’quv yilida viloyatdagi o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini o’rganish va ularga o’quv-uslubiy yordam ko’rsatish bo’yicha institutga biriktirilgan 2 ta Akademik litsey va 30 ta kasb-hunar kollejlari bilan o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik qilish bo’yicha kichik ishchi guruxi tarkibi institutning 2017 yil 02 sentyabrdagi  № 142-U(02) sonli buyrug’i bilan qayta tasdiqlandi.

O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda yoshlarni mustaqil bilim olishi, o’rganish va ijodiy ishlash qobiliyatlarini yanada yuksaltirish maqsadida 2016 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti stipendiyasi” tanlovi o’tkazildi. “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti stipendiyasi” Nizomda belgilangan tartibga ko’ra tanlovda ishtirok etgan iqtidorli o’quvchilar orasidan eng yuqori ko’rsatkichlarga erishgan o’quvchilarga 10 ta yo’nalish bo’yicha  5 oy davomida berib borildi. Shu bilan bir qatorda har yili o’tkazib kelinayotgan kasb-hunar kollejlari iqtidorli o’quvchilari uchun “Kasbim mening-faxrim mening” ijodiy ishlar tanlovi o’tkazildi. Tanlovda 1 ta birinchi o’rin, 2 ta ikkinchi o’rin va 2 ta uchunchi o’rinni egallagan kasb-hunar kolleji o’quvchilarga guvohnoma va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi, hamda tanlovda ishtirok etib o’rin egallay olmagan o’quvchilarning 12 nafari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.