Fan va texnologiyalar taraqqiyoti

“FAN VA TEXNOLOGIYALAR TARAQQIYOTI” JURNALIDA MAQOLA E`LON QILISH TALAB VA SHARTLARI.

Hurmatli mualliflar!

“FAN VA TEXNOLOGIYALAR TARAQQIYOTI” jurnalining tahririyati (bundan keyin Tahririyat) shuni sizga ma’lum qiladiki, boshqa ommaviy axborot vositalarida (OAV) e’lon qilingan maqolaga aynan o’xshash (o’sha mualliflar, sarlavha va mazmun bilan) maqolalar qabul qilinmaydi.

O’zbek, rus yoki ingliz tilida o’z maqolalarini tahririyatga topshirayotgan mualliflar, o’xshash maqolalarni tahririyatning vakolati va yozma ruxsatisiz boshqa OAVda e’lon qilmaslik majburiyatini o’z zimmalariga oladilar. Bunday kelishuvga rioya qilmagan mualliflar bilan hamkorlik qilmaslik huquqini tahririyat o’zida qoldirishini ma’lum qiladi.

Umumiy talablar. Maqolalar matni tahririyatga kompyuterda terib chiqarilgan original va elektron nusxalarda taqdim etiladi. Maqolaning originali toza qog’ozda, buklanmagan va tuzatishlarsiz bo’lishi lozim. Kompyuterda terib chiqarilgan original nusxa, elektron nusxa bilan to’laligicha aynan bir xil bo’lishi shart. Maqola bilan uning elektron varianti CD – diskda, fleshkada (viruslarsiz) yoki elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Chop etishga tayyor maqolalar tahririyatga mualliflar tomonidan topshiriladi yoki muallifning manzili (boshqa shaharliklar uchun) ko’rsatilgan holda pochta orqali uzatiladi.

Diqqat! Maqolaning oxirgi beti albatta muallif(lar) tomonidan imzolangan bo’lishi shart.

Elektron nusxa. Maqola Microsoft Office Word (2003, 2010, 2013) matn muharririda terilishi lozim!

Mazmuni. Maqolada: echiladigan muammo va masalaning qo’yilishi, tadqiqot ob’ektining yoritilishi, tadqiqot jarayonida erishilgan yutuq, daraja, olingan natijalarning yangiligi, ularning qo’llanilish sohalari o’z aksini topgan bo’lishi lozim.

Maqola xulosa bilan yakunlanishi zarur. Xulosa (xulosalar) matnda alohida xat boshidan (abzas) terilib, unda natijalarning yangiligi, amalda tadbiq etilishi, samaradorligi va boshqa yakuniy ma’lumotlar mujassamlashgan bo’lishi kerak.

Maqola hajmi 5–10 bet (rasmlar, jadvallar va bibliografik havolalar ro’yxati bilan birga) bo’lib, to’liq bet bilan yakunlanishi lozim.

Betlarning parametrlari. Format A4 (210×297). Hoshiyalar: o’ng tomondan:– 2,5 sm, chap tomondan: – 2,5 sm, yuqori va pastdan – 2 sm.

Matn: Shrift – Times New Roman, o’lchami – 12 pt., oraliq – 1 interval.

Matnni katta (bosh) va qoraytirilgan harflar bilan (mualliflarning familiyasi va maqolaning nomi bundan mustasno) terish, shuningdek, ko’rsatilgan elementlarni ramkaga joylashtirish va turlicha taqlidlar qilishga ruxsat etilmaydi!

Ilmiy maqolani “FAN VA TEXNOLOGIYALAR TARAQQIYOTI” jurnaliga taqdim etishda muallif(lar) quyidagilarning mavjudligiga ishonch hosil  qilishi zarur:

  • O’zbek, rus yoki ingliz tilida:
  • maqolaning nomi (o’rtadan qoraytirilgan bosh harflar bilan);
  • muallif (lar) ning F.I.SH.;
  • (bitta yoki barcha mualliflarning) tashkiloti (qoraytirilgan harflar bilan);
  • annotatsiya – o’zbek, rus va ingliz tillarida (4 – 6 satr);
  • tayanch so’zlar–o’zbek, rus va ingliz tillarida (6tadan 10tagacha so’z).
  • O’zbek, rus yoki ingliz tillarining birida (original tilida) maqolaning to’la matni.
  • Original tilida adabiyotlar ro’yxati. Adabiyotlar ro’yxatining nomlanishi original tilida bo’lishi lozim, ingliz havolalari REFERENCES, biroq hech qachon SPISOK LITERATURY ko’rinishida emas.
  • Mualliflar haqida ma’lumotlar: F.I.O. (to’liq) ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, bog’lanish telefonlari (to’liq, kodlari bilan), yozishmalar uchun E-mail manzili.

Annotatsiya: 40–60 so’zdan (4–6 satr) iborat bo’lib, 10 pt shirift bilan terilgan va maqolaning quyidagi jihatlarini o’zida qisqacha mujassamlashtirgan bo’lishi kerak:

  • tadqiqot masalasining qo’yilishi va ishlab chiqilishi;
  • tadqiqotlarni o’tkazish metodi va metodologiyasi;
  • olingan natijalar;
  • olingan natijalarning qo’llanilish sohasi;

Asosiy matn o’zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan annotatsiya va tayanch so’zlardan keyin bo’sh qator qoldirilgan holda joylashtiriladi. Bunda qatorlar orasi – 1 interval, harflar va so’zlar orasidagi interval – normal holatda bo’lishi lozim. Ichki sarlavhalar satrning o’rtasida joylashtiriladi.

Satr boshi 1,25 sm.

Matndagi havolalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati O’zR VM huzuridagi OAK Prezidiumining 11 aprel 2013 yildagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dissertatsiya va avtoreferatlarni rasmiylashtirish qoidalari” asosida belgilangan me’yorlarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Maqolada foydalanilgan manbalar kvadrat qavsga olinib, matnda kelish tartibi bo’yicha raqamlanadi, masalan [1].

Izohlar: 1. Asosiy matnni ma’no jihatdan izohlash yoki unga qo’shimcha kiritish asosiy matn satrlari orasiga qoraytirilmagan kursiv bilan rasmiylashtiriladi, masalan: Izoh: (bitta izoh uchun), Izohlar (bir necha izoh bo’lsa). U(lar) matndan nuqta orqali ajratiladi. Izohlar ketma – ket raqamlangan bo’lishi lozim.

  1. Grant havolalar mavjud bo’lgan holda grantga havola asosiy matn satrining tagidagi tasmaga joylashtiriladi (satr osti izohi).

            Formulalar. Satr orasidagi va bir satrli formulalar maxsus redaktorlardan foydalanmasdan terilishi lozim. Maxsus murakkab simvollar, shuningdek oddiy holda terish imkoni bo’lmagan ko’p satrli formulalar Math Type formulalar redaktorida terilishi lozim. Butun matn davomida matematik formulalarni terish bir xil qolipda bo’lishi zarur:

  • simvollarning o’lchamlari Math Type redaktor standarti orqali belgilangani bo’yicha bo’lishi lozim;
  • ruscha va grekcha simvollar – to’g’ri shrift bilan;
  • lotincha – kursiv formatda;

Alohida satrlarda terilgan formulalar satr o’rtasiga joylashtiriladi.

Maqolaning asosiy matnida foydalaniladigan formula redaktorida oddiy lotincha, grekcha yoki maxsus simvollarni terishga ruxsat etilmaydi!

Jadvallar ketma – ket raqamlanishi lozim. “Jadval” so’zi oddiy, 10 pt shriftda terilib, o’ng tomonga tekislanadi. (masalan, 1-jadval). Uning ostida jadvallarning sarlavhasi qoraytirilgan harflar bilan satrning o’rtasiga joylashtiriladi. Hajmi katta bo’lgan jadvallar alohida betga joylashtiriladi. Betning enidan sezilarli darajada katta o’lchamga ega bo’lgan jadvallar betga albom shaklida joylashtiriladi.

Illyustratsiyalar. Ilyustratsiyalar va ularni sharhlovchi yozuvlari matnning tegishli joyiga joylashtirilib, ularning elektron varianti alohida fayl ko’rinishida ixtiyoriy ommalashgan grafik formatda (masalan,  jpg, bmp, tiff, va h.k.) maqolaga ilova qilinadi. Ilyustratsiyalar matnda kelishi bo’yicha qoraytirilgan kursiv shrift bilan  qo’shtirnoqsiz, ketma–ket raqamlanib (masalan, 1-rasm), satrning o’rtasiga joylashtiriladi. Izohlovchi yozuvlar ilyustraciyalar ostiga 10 pt shriftda keltiriladi. Rasmlar originaldan skanirlangan (bunda ular aniq, kontrastli va ortiqcha fonlarsiz bo’lishi kerak) yoki kompyuter grafikasi vositasida bajarilgan bo’lishi lozim.

Maqolaning terib, chiqarilgan variantiga quyidagilar ilova qilinishi zarur:

  1. Ochiq matbuotda chop etish mumkinligi to’g’risida ekspert xulosasi.
  2. Tashqi va ichki taqriz (taqrizchilar ilmiy darajali bo’lishi lozim).
  3. Alohida chiqarilgan maqolaning rus va o’zbek tilidagi nomlari.

Maqolalar ichki ekspertizadan o’tkaziladi. Chop etishga tavsiya qilinmagan maqolalar qaytarib berilmaydi.

 

Maqolani rasmiylashtirishga misol

 KORXONA ELEKTR TA`MINOTI TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH MASALALARIDA MATRITSALI TENGLAMALARDAN FOYDALANISH

Sadullaev N.N., Shoboev A.X.

 Buxoro muhandislik – texnologiya instituti

Maqolada elektr ta’minoti tizimini matricali tenglamalar ko’rinishida ifodalanishi bayon qilingan. Elektr ta’minoti sxemasi parametrlarini optimallash uchun qulay tenglamalar olingan. Matricali tenglamalarni xisoblashda «Mathlab» muhitidan foydalanilgan. Elektr ta’minoti tizimini barcha bosqichlaridagi kabel yo’llaridagi isroflarni hisoblash algoritmi bayon qilingan.

Tayanch so’zlar: matematik model; elektr ta’minoti tizimi; matricali tenglama; optimallash; kabel yo’li; isroflarni minimallash; elektr ta’minoti tizimini modellash; hisoblashni avtomatlashtirish; elektr ta’minoti sxemasi parametrlari; quvvat isrofi.

В статье изложено математическое описание системы электроснабжения в виде матричных уравнений. Получены уравнения, удобное для оптимизации параметров схемы электроснабжения. Для расчета матричных уравнений использована среда «Mathlab». Изложен алгоритм расчета потерь в кабельных линиях во всех ступенях системы электроснабжения предприятия.

Ключевые слова: математическая модель, система электроснабжения, матричные уравнения, оптимизация, кабельная линия, минимизация потерь, моделирование системы электроснабжения, автоматизированный расчет, параметры схемы электроснабжения, потеры мощности.

 The mathematical description of the power supply system in the form of matrix equations is described in the article. Equations convenient to optimize the power supply circuit are created. To calculate the matrix equations is used the method of «Mathlab». The algorithm for calculating the loss in the cable lines in all levels of the power supply system of the enterprise is developed in this article.

Key words: mathematic model, electrical power system, matrix equation, optimization, cable line, loss minimization, modeling of the power supply system, automated calculation, parameters of power supply scheme, power loss.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. А.В. Крюков, В.П. Закарюкин, В.Ю. Соколов. Моделирование систем электроснабжения с мощными токопроводами. монография / под ред. А.В. Крюкова. – Иркутск: Ир-ГУПС. – 2010. – 84 с.
  2. Аллаев К.Р., Садуллаев Н.Н. Математическая модель обобщенной системы электроснабжения промышленного предприятия. // Вестник Таш ГТУ. –Ташкент,  2009. №1. –С. 100–104.

Sadullaev Nasullo Ne’matovich – texnika fanlari doktori, Buxoro muhandislik – texnologiya instituti ilmiy ishlar bo’yicha prorektori. Tel.:(+99865)223-86-30,

(+99893)960-97-88 (s.) .Email: Nasullo68@mail.ru

 Materiallar quyidagi manzil bo’yicha qabul qilinadi: 200100, Buxoro shahri, Q.Murtazoev ko’chasi, 15-uy. Tel: 0(365) 223-92-40, 0(365) 223-86-30.

Faks 0(365)223-78-84.    E-mail: fantt_jurnal@umail.uz

01

Mundarija

02

Mashinasozlik va energetika

03

Informatika va axborot–kommunikatsion tizimlar

04

Nefte gaz, kimyo sanoati

05

Yengil sanoat texnologiya va jixozlari

06

Aniq va ijtimoiy –iqtisodiy fanlar

07
});});