Mustaqil tadqiqotchilik orqali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash

1. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutidan tashqari, mustaqil tadqiqotchilik shaklida ham amalga oshirilishi mumkin.
2. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka oliy ma’lumotga yoki magistr darajasiga ega bo’lgan, nomzodlik dissertatsiyasi ustida mustaqil izlanishlar olib borayotgan, fan va texnikaning tegishli sohasida yetarli bilimga hamda tanlagan ixtisosligi bo’yicha kamida bir yillik stajga ega bo’lgan shaxslar da’vogarlik qilishlari mumkin.
3. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK tomonidan o’rnatilgan tartibga muvofiq nomzodlik minimumi imtihonlarini topshirish, dissertatsiyani tayyorlash hamda ximoya qilish maqsadida tegishli ixtisosliklar bo’yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutiga ega bo’lgan OTM va ITMlarga 3 yilgacha muddatga biriktiriladilar.
4. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka doktorlik dissertatsiyasi ustida mustaqil izlanishlar olib borayotgan, fan va texnikaning dolzarb muammolari hamda nazariy masalalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlari yuzasidan salmoqli natijalarga erishgan, shuningdek, tegishli fan va texnika sohasida chuqur bilimlarga ega bo’lgan fan nomzodlari da’vogarlik kilishlari mumkin.
5. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqiqotchilikka da’vogarlar tegishli ixtisosliklar bo’yicha katta ilmiy izlanuvchilar instituti faoliyat ko’rsatayotgan, taniqli ilmiy maktab va yetarli moddiy-texnika bazasiga ega bo’lgan yetakchi OTM va ITMlarga 3 yilgacha muddatga biriktiriladilar.
6. Mustaqil tadqiqotchilikka da’vogar OTM va ITMlarga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi: ish joyidan tavsifnoma; shaxsiy varaqa va tarjimai hol; ilmiy ishlari, patentlari va ilmiy hisobotlari ro’yxati (agar mavjud bo’lsa); oliy ma’lumoti yoki magistr darajasini tasdiqlovchi diplom nusxasi (fan nomzodi ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqiqotchi uchun); fan nomzodi diplom nusxasi (fan doktori ilmiy darajasiga da’vogar mustaqil tadqikotchi uchun); nomzodlik imtihonlarini topshirganligi to’g’risida guvohnoma (agar topshirgan bo’lsa); dissertatsiyaning kengaytirilgan ish rejasi; tibbiy ma’lumotnoma (086 shakl), mehnat daftarchasining nusxasi, ariza.
7. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun mustaqil tadqikotchilikka da’vogarlarni biriktirish mo’ljallanayotgan ilmiy rahbar bilan suhbat natijasi va tegishli kafedra (bo’lim) hulosasi, Ilmiy-texnik kengash va Ilmiy kengash qarorlari asosida, mustaqil tadqiqotchilikka biriktirish muddati va ilmiy rahbar ko’rsatilgan holda OTM yoki ITM rahbari buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
8. Fan nomzodi ilmiy darajasiga davogar mustaqil tadqiqotchilar bir oylik muddatda ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda tayyorlangan shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash uchun kafedra (bo’lim)ga taqdim etadilar.
9. Mustaqil tadqiqotchilarning dissertatsiya mavzulari fundamental tadqiqotlar rivojini inobatga olgan holda hamda fan va texnikaning Respublika uchun ustuvor yo’nalishlari doirasida shaklantirilib uch oylik muddatda muassasa Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Shaxsiy ish rejalarini muvaffaqiyatli yakunlagan va Nizomning tegishli talablarini bajargan mustaqil tadqiqotchilar Ixtisoslashgan kengashlarda dissertatsiya himoyasiga ko’yiladilar. Shaxsiy ish rejani bajarmayotganlar esa mustaqil tadqiqotchilar safidan qayta tiklanish huquqisiz chetlashtiriladilar.
11. Bir vaqtning o’zida bir nechta muassasaga mustaqil tadqiqotchi sifatida biriktirilishga ruxsat etilmaydi.
12. Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi institutini to’liq tamomlagan shaxslarga mustaqil tadqiqotchi sifatida biriktirilishga ruxsat etilmaydi. O’zlarining ishlab chiqarishdagi yoki pedagogik faoliyatlarini ilmiy ishlari bilan birga muvaffaqiyatli olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilarga dissertatsiyalarini yakunlash va himoyaga taqdim etish uchun doktorlik dissertatsiyalari bo’yicha 6 oygacha, nomzodlik dissertatsiyalari bo’yicha esa 3 oygacha o’rtacha ish haqi saqlangan holda ijodiy ta’til beriladi.

});});