Ilmiy kengash

Institutning faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko`rib chiqish uchun rektor raisligida institut Ilmiy kengashi tashkil etiladi. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Ilmiy kengashi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g’risida”gi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g’risida»gi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda «Oliy ta`lim to`g’risida»gi Nizomga asosan ishlab chikilgan va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2011 yil 3 dekabrdagi 487-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Oliy ta`lim muassasasining Ilmiy kengashi to`g’risidagi namunaviy Nizom»ga ko`ra ishlab chiqilgan va Ilmiy kengashning 2013 yil 29 avgustda bo`lib o`tgan majlisida (bayonnoma №1) tasdiqlangan “Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Ilmiy kengashi to`g’risida”gi Nizomga muvofiq olib boradi. Ilmiy kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakul’tet dekanlari, institut tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Ilmiy kengashning boshqa a`zolari fakul’tetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadilar. Professor-o`qituvchilar tarkibidan Ilmiy kengashga saylanuvchi a`zolarning soni rektorning buyrug’i bilan belgilanadi. Ilmiy kengash tarkibiga oliy ta`lim muassasasining muayyan yo`nalish muammolari bo`yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislar xam kiritilishi mumkin. Vakolat muddati — 5 yil. Institut Ilmiy kengashi tarkibi Nizomga asosan har besh yilda qayta tuzib chiqiladi. Hozirgi kunda faoliyat ko`rsatayotgan institut Ilmiy kengashining tarkibi rektorning 2013 yil 27 iyundagi 26 – U(05) raqamli buyrug’i asosida 39 kishi tarkibida tasdiqlangan. Ilmiy kengash a`zolarining 5 nafari fan doktori, professorlar, 28 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Ilmiy kengashning umumiy ilmiy salohiyati 85 % ni tashkil etadi. Institut Ilmiy kengashi: — Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini o`rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo`yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi; — fakul’tetlarning o`quv, ilmiy-tadqiqot va ma`naviy-ma`rifiy ishlari to`g’risidagi, akademik litseylar, institut qoshidagi ilmiy jamiyatlarning faoliyati to`g’risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to`g’risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq xo`jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo`lgan extiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik alokalari to`g’risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi; — ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o`qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi; — institut rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta`minot va moliyaviy-xo`jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi; — fakul’tet va kafedralarni ochish, tugatish, o`zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kadrlar tayyorlashni yo`lga ko`yish yoki to`xtatish bilan bog’liq masalalar bo`yicha qaror qabul qiladi; — «Oliy ta`lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul kilish tartibi to`g’risida»gi Nizomga muvofiq professor- o`qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o`tkazadi; — professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko`rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi; — institut bitiruvchilari hamda professor- o`qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta`minlash va komp’yuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo`yicha tayanch ko`nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora- tadbirlar belgilaydi; — ta`lim jarayonining o`quv adabiyotlari bilan ta`minlanganligi, yangi avlod darslik va o`quv qo`llanmalari, shuningdek innovatsion ta`lim texnologiyalarini qo`llashga asoslangan o`quv -uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi; — katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimlariga tanlov asosida qabul qilish natijalari to`g’risidagi qabul komissiyasi majlisi bayonnomasini, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya ishini tayyorlashning rejasini, tanlangan mutaxassislik bo`yicha nazariy-metodologik kursning o`quv rejasini va dissertatsiya mavzularini tasdiqlaydi; — iqtidorli talabalar safidan va professor-o`qituvchilar tarkibidan nomzodlarni «Iste`dod» jamg’armalari orqali xorijiy oliy ta`lim muassasalarida stajirovka o`tishga tavsiya etadi; — institut iqtidorli talabalari safidan O`zbekistan Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stependiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi; — «Sog’lom avlod uchun» jamg’armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog’liklarini yanada yaxshilash bo`yicha tadbirlar ishlab chiqadi; — asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustaxkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqadi; — xorijiy mamlakatlarning oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatish bo`yicha qarorlar qabul qiladi; — ta`lim xizmatlari bilan shug’ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida raxbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi; — institut talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat muxofazasini takomillashtirish bo`yicha tadbirlarni belgilaydi. Ilmiy kengash o`z ish faoliyatini o`quv yili boshlanishidagi birinchi yig’ilishida tasdiqlangan rejasi asosida tashkil etgan. Ilmiy kengashning bo`lib o`tgan har bir yig’ilishida esa bir qator turli masalalarning ham muhokamasi kiritilgan bo`lib, ular institutda olib borilayotgan o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy hamda moliya-iqtisodiy sohadagi ishlarga oiddir. Ilmiy kengash majlislarida muhokama qilingan masalalar bo`yicha qabul qilingan qarorlar o`z vaqtida mas`ul shaxslarga etkaziladi va ularning ijrosi monitoring va ichki nazorat bo`limi tomonidan tekshirilib, kengash muhokamasiga kiritib boriladi.

Для рассмотрения основных вопросов, касающихся деятельности института под председательством ректора организован ученый совет. Ученый совет Бух ИТИ ведет свою деятельность в соответствии с законом «Об образовании» Республики Узбекистан ( Верховный совет Республики Узбекистан, Ахборотнома,1997 г., № 9, Статья 225) и «О национальной программы подготовки кадров» ( Верховный совет Республики Узбекистан, Ахборотнома, 1997 г. № 11-12, Статья 295), разработанные на основании устава «Высшего образования» и утвержденные приказом Министерства высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан от 3 декабря 2011 г. за № 487, разработанным и утвержденным «Типовым уставом об ученом совете учреждения высшего образования» и проведенным в 2013 г. заседанием ученого совета «об ученом совете Бухарского инженерно-технологического института» от 29 августа 2013 г. (протокол № 1).
В состав ученого совета состоят ректор, проректора, деканы факультетов, самостоятельные организации и директора отраслей, входящие в состав института, заведующие кафедрами выпускающих специалистов, а также руководители общественных организаций. Другие члены ученого совета избираются путем скрытого голосования на общем факультетском совете. Приказом ректора определяются избиратели ученого совета из профессорско-преподавательского состава. В состав ученого совета могут входить ученые и специалисты, работающие по проблемам определенного направления этого высшего учебного заведения. Срок полномочия-5 лет. На основании указа каждые 5 лет заново составляется состав ученого совета института. На основании приказа ректора за № 26-У от 27 июня 2013 г. утверждена деятельность сегодняшнего ученого состава института, которая состоит из 39 человек. В составе ученого совета 5 профессоров, доктора наук, 28 кандидатов наук и доценты. Общий научный рейтинг ученого совета составляет 85%.
Ученый совет института:

• согласно национальной программы подготовки кадров государственного стандарта, изучает выполнение учебных планов и программ, а также устанавливает рекомендации по приоритетным вопросам;

• слушает отчеты научно-исследовательской, учебной, духовно-просветительской работы факультетов, академических лицеев, деятельности научного общества при институте, результатов приемной комиссии, а также маркетинговой службы о потребности выпускников- специалистов по народному хозяйству, устанавливает связь с организациями-заказчиками;

• обсуждает и принимает решения выполнения научно-исследовательской, духовно-просветительской работы и о повышение квалификации и переподготовки профессорско-преподавательского состава;

• принимает надлежащие решения и утверждает результаты материально-технической деятельности института, годовые планы для развития института;

• На конкурсной основе присваивается степень профессорам-преподавателям, проводят конкурсы согласно уставу о порядке принятия на работу профессоров-преподавателей в вузы;

• Рассматривает документы исследователей для получения ученой степени профессора, доцента и представляет на получение ученой степени в надлежащем порядке:

• обозначает и обсуждает формирование квалификационных навыков английского языка, компьютерной технологии, пользоваться услугами интернета, разработать и издавать учебно-методические пособия, основанные на новейшие инновационные технологии и использование их на занятиях;

• утверждает учебные планы, темы диссертации старших научных соискателей по выбранной специальности, составляет протоколы о назначение на соответствующие должности на конкурсной основе;

• Из профессорско-преподавательского состава и из числа одаренных и способных студентов рекомендует и выдвигает кандидатуры при поддержке фонда «Истеъдод» для стажировки на высшие учебные заведения за границей;

• рекомендует кандидатуры одаренных студентов на государственную стипендию Президента Республики Узбекистан;

• совместно с фондом «Соглом авлод учун» организует спортивные соревнования: разрабатывает рекомендации для развития и укрепления материально-технической базы корпоративного сотрудничества, а также повышения квалификационной практики;

• сотрудничает с высшими учебными заведениями зарубежных стран;

• слушивает отчеты о деятельности руководителей фирм и малых предприятий, которые занимаются образовательным сервисом и принимает соответствующие решения;

• устанавливает мероприятия для работников и студентов института по совершенствованию техники безопасности и защиты труда.

• Ученый совет организует свою деятельность на основании плана, который утвержден на первом совете проведенным в начале учебного года.На каждом проведенном собрании ученого совета внесены обсуждения разных вопросов, касающихся финансово-экономической, духовно-просветительской, научно-исследовательской, учебно-методической работы института. Принятые решения по обсуждаемым вопросам на собраниях ученого совета, на месте доставляются ответственным лицам и их выполнение контролируются отделом мониторинга и внутреннего контроля.

To consider the main issues related to the work of the Institute it was organized scientific conference chaired by the rector of the Institute . The scientific conference of Bukhara Engineering technological institute began his activity according to the “Law of education”( Messenger of Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan, 1997, 9th edition, article 225) and National program of personnel training (Messenger of Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan, 1997, 11th – 12th editions, article 295) laws and according to the “Law of Higher education » , Ministry of Higher and Secondary Special Education of the Republic of Uzbekistan , approved by the 487- , dated as of December 3 , 2011, developed by the charter of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan . Higher education institutions of the Scientific Council on the display model has been developed by meeting on the 29th of August , 2013 ( protocol 1 ) and it will be held in accordance with the “Regulations of Bukhara engineering technological institute”. The structure of scientific conference will consist of rector, pro-rectors, deans of faculties, directors who are included in the institute and directors of independent organizations and networks , head of the department who teach by specialists and the leaders of public organizations .Another members of the scientific conference are selected in the meeting of faculties openly or secretly. The number of elected members are given by the order of rector. Part of the scientific council of higher education institutions working in a certain direction on issues of major scientists and experts may also be included. Limit of authority is 5 years. Structure of the Scientific Council of the Institute are made every 5 in accordance with the Regulations. Currently, the structure of the Scientific Council according to the Rector’s decree 2013, June 27, 26-U (05) 39 people approved. The members of the Scientific Council consist of 5 doctors of science , professors, 28 candidates of science, associate professors. Scientific council made up 85% of the total scientific knowledge.
Scientific Council according to the of national program of personnel training program in accordance with state education standards studies the acting of curriculum plan and program, gives recommendation and tasks on priority issues, and hears the report of faculty’s academic, scientific research and spiritual activities, academic lyceums’ and scientific activity of scientific societies , and the result of commission and the demand of marketing service to the specialists and coexistence with organizations and makes definite decisions . It also discusses the problems of fulfillment of the plan of scientific research and spiritual-educational works, and teacher’s qualifications, it confirms yearly development and future plans of institute ,material-technical and financial-economic activities of the results will be discussed and appropriate decisions, opening the faculties and departments , ending, change, considering marketing requirements to open new specialties of Bachelor and Master degree , to prepare specialist.
According to the “Law of exception of workers with election to the institutions” the workers are excepted with elections their documents are checked and then will be given to the confirmation. It provides , the graduators and teachers with learning English and forms a computer learning it discusses the problem of using Internet. Problems of supplying educational process with new literature, preparing textbooks based on new innovational technology will be discussed, it confirms Commission protocol based on the results of the chosen workers, searchers and dissertation plans will be done by scientific workers and educational plan of the chosen topics and dissertation of theoretical –methodological course, it recommends advanced students and teachers to the probation to the foreign countries by the fond called “ISTE’DOD”, it also recommends the candidates who participate in stipend of the Republic of Uzbekistan and other state stipends. Together with the fund “ For the health of generation” it processes the work which strengthen the health of students, discusses the problem of the development of corporative coexistence with the main clients and enterprises, makes decisions to make partnership with foreign institutes, and hears the report of small enterprises, firms and the activity of courses which work with the educational service and makes decisions. Scientific council organizes its working activity with the plan adopted in the first meeting of the beginning of an academic year. Each meeting of scientific council includes discussed problems which consist of educational-methodical, scientific research, and educational –spiritual, economical works. The decisions which were discussed in the meeting of scientific council are given to the responsible people and the execution of those are checked by the inner-control department and included council discussion.

});});