Xalqaro loyihalar

561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP
ECCUM: Matematik loyihalash mutaxassisligi bo’yicha magistrlik o’quv dasturlarini ishlab chiqish va kompyuter (hisoblash) markazlarini yaratish
Muddat: 36 oy (15/10/2015-14/10/2018)
Loyiha maqsadi: Muhandislik-matematikasi mashinasozlik, avia-kosmik texnikadan to elektronikagacha, mashinasozlikdan to informatikagacha bo’lgan barcha soxalarning asosida yotadi.
Loyihani asoslab berilishi:
— O’zbekiston va Qozog’iston iqtisodiy, ishlab chiqarish potensialini barqarorlashtirish maqsadida yuqori texnologiyalarni ishlatish zaruriyati;
— mutaxassislarni etishmasligi, mavjud mos texnologiyalar haqida ma’lumotga ega emaslik;
— matematika bo’yicha mavjud o’quv dasturlarida amaliy natijalarning etishmasligi;
— bu sohada o’qituvchilarini hamkorligi uchun platformaning mavjud emasligi;
— oliy o’quv yurtlari, ishlab-chiqarish va ilmiy-tekshirish institutlari orasida o’zaro hamkorlikning yetishmasligi ilmiy izlanishlarini amalda qo’llash samaradorligini kamaytiradi va natijaja raqobatbardosh mutaxassisliarni tayyorlashni susaytiradi.
Kutilayotgan natijalar: matematik muhandislik bo’yicha fakultetlararo magistrlik dasturini (kvalifikasiyalar deskriptori, o’quv dasturi, o’quv rejasi) yaratish; har bir hamkor davlat universitetlarida hisoblash markazlarini yaratish; kasbiy rivojlanish, masofaviy o’qitishni tashkil etish maqsadida loyihaga kirmagan qiziquvchilar uchun (oliy o’quv yurtlari, kompaniyalar, olimlar) hamkorlikda faoliyat ko’rsatish imkonini beruvchi veb-platforma yaratish; izlanishlar va o’qitishda hamkorlik.
Magistirlik dasturida yaratilgan kurslarning 30% ingliz tilida o’tilishi rejalashtirilgan; yangi dasturiy ta’minotni qo’llash va shu bilan bog’liq o’qituvchilarni yangi dasturlar bilan ishlashga o’rgatish, shu bilan birga ingliz tilida yangi pedagogik texnologiyalar orqali o’qitishni tashkil etish. Evropa ittifoqi tajribalarini matematik muhandislikka qo’llash, fanlararo dasturni ishlab chiqish halqaro hamkorlik borasida oliy o’quv yurti potensialini oshiradi. Har bir hamkor davlatda mahalliy qiziquvchi tomonlar ehtiyojini va oliy ta’lim aktualligini tahlil etish. Ishlab chiqilgan dastur Bolonya jarayoni tamoyillarini amalga oshirishda yordam beradi. Loyihani keng ta’siri hamkor-davlatlarning industrial-innovatsion rivojlanishiga yordam beradi, chunki «injinering» atrof-muhitni yaratish va mukammallashtirish san’ati hisoblanadi.

Grant oluvchi: Santyago De Kompostella Universiteti (Ispaniya)
Evropa hamkorlari:
  • Turin politexnika universiteti (Italiya),
  • Primorska Universiteti (Sloveniya)
  • Fundacion Publice Gallega Centro Technologico (Ispaniya)
Hamkor davlatlar universitetlari nomlanishi:
Qozog’iston:
  • Kostanay Davlat universiteti;
  • Informacion texnologiyalar halqaro universiteti, IICT;
  • OAO «Milliy IT»;
  • Ta’lim va ilm vazirligi;
  • Xo’jalik faoliyati yuritish huquqiga ega bo’lgan Davlat korxonalari;
  • Assotsiatsiyalarga birlashtirilgan yuridik shaxslar;
  • Yengil sanoat korxonalari associaciyasi;
  • «Digital» mas’uliyati cheklangan jamiyat;
O’zbekiston:
  • Urgench Davlat universiteti (UrGU);
  • Turin politexnika  universitetining  Toshkentdagi filiali (TurPU Tashkent filiali);
  • Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (BMTI);
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi;
  • Fizika-texnika instituti;
  • OAO General Motors Powertrain-Uzbekistan;
  • NGO Kross

Institut Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 4 ta loyihasida, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ Gmbh) “Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim — I” loyihasida, “VolkswagenShtiftung” fondi “An’analar modernizatsiyasi: O’zbek to’qimachilik merosi madaniy va iqtisodiy manba sifatida” loyihasida ishtirokchi sifatida qatnashadi.


tempus_n                                                                                        engitec_n
TEMPUS project “ENGITEC – Gruziya, Ukraina va O’zbekistonda texnologiya talablariga javob beruvchi muhandislik dasturlarini takomillashtirish” — 530244-TEMPUS-1-2012-1-SE-TEMPUS-JPCK

Loyiha hamkorlari:

EI hamkorlari:

  • KTH Qirollik texnologiya instituti  – Shvetsiya, grant-egasi;
  • Turin politexnika universiteti – Italiya;
  • Lids universiteti – Buyuk Britaniya;

EI dan noakademik hamkor: 

  • Delcam PLC, Buyuk Britaniya – CAM kompaniyasi;

Gruziyalik loyiha hamkorlari:

  • Gruziya Texnika universiteti;
  • Akaki Tsereteli Davlat Universiteti;
  • Shota Rustaveli Davlat Universiteti;

Ukrainalik loyiha hamkorlari:

  • Ukraina milliy metallurgiya akademiyasi;
  • Lutsk Milliy texnika universiteti;
  • Tsumi Davlat Universiteti;
  • Zaporoje Milliy texnika universiteti;

O’zbekistonlik loyiha hamkorlari:

  • Toshkent avtomobil va yo’llar instituti Jizzax politexnika instituti;
  • Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
  • Toshkent traktor zavodining maxsus konstruktorlik byurosi, MKB «Tractor»;

Loyihaning maqsadi Gruziya, Ukraina va O’zbekiston davlatlari universitetlaridagi kurs materiallari, o’qitish usullari, o’quv dastur tuzilmasi va rejalarini Evropa Ittifoqi yordamida yuqori muxandislik ta`lim uzviyligini namoyon qilishdir. Muxandislik ta`lim ta`sirining ahamiyati bitta harakatda namoyon qilib bo’lmaydi va bunda ushbu loyihaning metodologiyasi quyidagilar yordamida muvaffaqiyatli natijaga erishiladi:

  • Talab qilingan texnologik masalalar orqali ta`lim natijalari mazmuni va tuzilmalarni ko’rib chiqish;
  • Kadrlar malakasini oshirish;
  • Yangi o’qitish usullarini amalga oshirish;
  • Ettita muxandislik soxalaridagi dasturlariga mos o’quv kurs bloklarini yaratish;
  • Keng qamrovli “Texnologiya va maxsulot dizayni” laboratoriyasini yaratish (Technology&Product Design Lab);
  • Institutlar va ishlab chiqaruvchi sanoatdagilar uchun malakalarini oshirish kelishuvi bo’yicha aloqalar o’rnatish;

www.engi-tec.net


tempus_log_mach                                                          mach_logo
TEMPUS project “MACh: O’zbekistonda mexatronika yo’nalishi bo’yicha yangi magistratura va doktorantura kurslarini yaratish” — 543922 -TEMPUS-1-2013-1-SE-TEMPUS-JPCR
Loyiha hamkorlari:

EI hamkorlari:

  • KTH Qirollik texnologiya instituti– Shvetsiya, grant-egasi;
  • KUL Lyoven katolik universiteti – Belgiya;
  • JKU Yohannes Kepler universiteti — Avstriya;

O’zbekistonlik loyiha hamkorlari:

  • Toshkent avtomobil va yo’llar instituti – Loyiha milliy/akademik koordinatori;
  • Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
  • Farg’ona politexnika instituti;
  • Navoiy davlat konchilik instituti;
  • Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;

O’zbekistonlik ishlab chiqarish hamkorlari:

  • Navoiy issiqlikdan elektr energiya ishlab-chiqarish zavodi;
  • Navoiy Mashinasozlik Zavodi;
  • «UZSUNGWOO» qo’shma korxonasi;
  • «General Motors Powertrain Uzbekistan» qo’shma korxonasi;
  • UAB «EurasiaTAPO-Disk»;
  • «Uzavtosanoat» Davlat kompaniyasi;
  • Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi (OO’MTV);
  • «Kompyuter-Osiyo Ilmiy-texnika parki» Mas`uliyati cheklangan jamiyati;

Loyihaning asosiy maqsadi shu kunning va ertaning mexatronika sohasidagi muhandislik masalalarini echa oladigan yangi avlod muhandislarini tayyorlash.
Loyihada ko’zda tutilgan aniq maqsadlar – bu:

  • 8 ta magistratura fanlarini va 2 ta umummetadologik fanlarni hamda 3 ta doktorantura fanlarini BTI, FerPI, NDKI, TAYI, TTPU mexatronika yo’nalishida yaratish;
  • O’qituvchi va talaba o’rtasidagi muloqotni dars davomida chuqurlashtirishga yo’naltirilgan yangi o’quv metodologiyalarini yaratish va o’quv jarayoniga tadbiq etish;
  • Mexatronika laboratoriyalarini BTI, FerPI, NDKI, TAYI, TTPU larda yaratish;
  • Mexatronika bo’yicha ilmiy va o’quv salohiyatini 5 ta O’zbek oliygohlarida yaratish;
  • 5 ta O’zbek oliygohlari va ishlab-chiqarish sohalari o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash;
  • Doktorant talabalarni mexatronika guruhiga va o’quv jarayoniga jalb etish;

});});