Xorijiy malaka oshirish va ta’lim

So‘ngi besh yilda institutning 21 nafar  professor-o‘qituvchi va xodimlari TEMPUS dasturi loyihalarida ishtrok etib Germaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Litva universitetlarida o‘z malakalarini oshirdilar. Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ Gmbh) “Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim — I” dasturi doirasida institutning  15 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlari Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida malaka oshirib qaytishdi. “VolkswagenShtiftung” fondi “An’analar modernizatsiyasi: O’zbek to’qimachilik merosi madaniy va iqtisodiy manba sifatida” loyihasi bo’yicha 2 nafar professor-o’qituvchi Germaniyada malaka oshirib qaytishdi. Bundan tashqari 4 nafar professor-o’qituvchi Hindistonning ITEC jamg’armasi bo’yicha Hindiston OTM larida malaka oshirib qaytishdi. 1 nafar o’qituvchimiz “Buyuk Xitoy Devori” dasturi bo’yicha Xitoy Neft Universitetida 10 oylik malaka oshirish kurslarida qatnashmoqda.

});});