Xalqaro hamkorlik aloqalari

Buxoro muhandislik-texnologiya institutining xalqaro aloqalar yo`nalishida asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
• chel el universitetlari va ilmiy markazlari bilan teng huquqli hamkorlik munosabatlarini o`rnatish;
• yetakchi chet el o`quv muassasalarida professor-o`qituvchilar , aspirantlar, doktorantlar ilmiy stajirovkalari va malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish;
• ma’ruzalar o`qish uchun chet el professorlari va mutaxassislarini taklif qilish;
• qo`shma o`quv va ilmiy markazlarini tashkil qilish yo`li bilan chel el dasturlari, jamg`armalari hamda grantlari hisobiga investitsiyalarni jalb qilish;
• universitetda o`qish uchun chet el talabalarini jalb qilish. Institutda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ Gmbh) bilan hamkorlikda o’quv markazi tashkil etilgan. Institut 14 davlatning (Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Gollandiya, Shvesiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Misr Arab Respublikasi, Ukraina, Belarussiya, Qozog‘iston, Litva, Gruziya) OTM lari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, shulardan 11 tasi bilan hamkorlik Shartnomasi, Kelishuv va Memorandumlariga ega.


Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Erasmus plyus dasturining “ECCUM” loyihasining hamkori ekanligi ma`lum. Ushbu munosabat bilan O`zbekistondagi Erasmus plyus milliy ofisi (NEO) kordinatori A.Abduraxmanova va Erasmus plyus milliy ofisi eksperti K.Bahadirov Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga “ECCUM” loyihasi maqsadlarini bajarilishi bo`yicha loyiha jamoasi bilan tanishuv va monitoring olib bordilar. Bu uchrashuvda institut rahbariyatidan ham vakillar qatnashdilar.
Ushbu monitoringda NEO vakillari institutning “ECCUM” loyihasi jamoasi a`zolari bilan tanishdilar. So`ngra loyihaning institutdagi kordinatori dotsent Shavkat Razzakov loyiha doirasida bajarilgan ishlar bo`yicha taqdimoq qildilar. Taqdimotdan so`ng loyiha jamoasi va NEO vakillari o`rtasida loyihaning bajarilishi va kelajakdagi rejalar bo`yicha muhokama olib borildi. Ushbu uchrashuvning eng yutg`li tomoni shundaki, NEO ofisi vakillari tomonidan endigina faoliyatni boshlagan yangi loyihani bajarilishida kelajak uchun juda kerakli maslahatlar berib o`tildi.

});});