O`zaro hamkorlik yo`lida

O`zaro hamkorlik yo`lida

Joriy yilning 24 may kuni Vobkent qurilish va transport kasb – hunar kollejida hozirgi zamonda internetning salbiy ta’siri va ularni bartaraf etish usullarini yoshlarga yetkazish maqsadida “Internet va Yoshalar” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan, muhim muammoyu masalalaridan biri bo’lgan internet tarmog’i va uni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan jihatlariga bag’ishlangan. Deyarli butun dunyoni zabt etayotgan “internet” tarmog’idan va “uyali qo’l telefoni”dan noto’g’ri foydalanish, har birimizning hayotimizga ayanchli ta’sir qilayotganligi, virtual dunyoga bilar-bilmas tarzda kirib ketishimiz, nurli kelajakka intilishi o’rniga ekran ortidagi hayotni afzal ko’rayotgan yettidan-yetmishgacha bo’lgan ba’zi insonlar haqida, yoshlarimiz tarbiyasiga, ularning ongiga ma’naviy ta’sir qilishi va natijada fikrlash doirasini torayib qolishiga, ma’naviy qashshoq bo’lishiga, komillikdan yiroqqa yetaklashi, dunyoviy bilimlar o’rniga inson miyasini ba’zi qismini kompyuter o’yinlari, internetdan ko’chirilgan turli behayo foto-video materiallar egallayotganiga alohida urg’u berildi.

Talabalar tomonidan tayyorlagan kichik sahna ko’rinishida bugungi kunda juda ommabop bo’lgan internet tarmog’I va uyali telefonlarning turli jihatlari haqida gapirib unga izoh berib o’tdi.

Internet va telefonlarda tezkor axborot almashuvi bo’lgan ba’zi bir (WhatsApp, WeChat, Odnoklassniki, Agent) kabi ijtimoiy tarmoqlar ko’pgina oilalarni buzilishiga ham sabab bo’lishi, aksariyat hollarda ajrim bilan yakun topayotganligi haqida gapirildi.

Internet tarmog’i keng qamrovli tushuncha bo’lib undan turli maqsadlarda foydalanish mumkinligi, ijobiyligi bilan birqatorda inson ongiga, ma’naviyatiga zid bo’layotgan salbiy saytlar, o’yinlardan misollar keltirib uni oqibatlari haqida ham to’xtaldi.

Ko`tarinki ruhda tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “YSTJ” kafedrasidan dots. p.f.n. Z.Sh.To’xayeva., assistentlar B.B. To’raqulova., N.G. Zakiryayeva., “Menejment”  kafedrasi katta o’qituvchisi F. Z. Toshev., “Informatika”  kafedrasi o’qituvchisi  M.M. Nafasov., Vobkent qurilish va transport kasb – hunar kolleji “Xorijiy tillar” kafedrasi ingliz tili fani o’qituvchisi U.Nurillayev va kollej talabalari ishtirok etishdi.

Share this post

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *


});});