Ota-onalar yig’ilishi

Ota-onalar yig’ilishi

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti  “Muxandislik texnika” fakulteti 1-o’quv binosining 105-xonasida  2017 yil 03 iyun kuni 2-bosqich 4-15 MYESTJ, 22-15 YESTJ, 24-15 YESTJ, 26-15 YESTJ, 28-15 YESTJ, 30-15 YESTJ,  32-15YESTJ, 7-15 YESTJ gurux talabalarining Ota-onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda “MT” fakultet dekani v.v.b. dots. H.R.Gaffarov, fakultet  o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini F.F.Kazakov, fakultet MMIB dekan muovini O’.N.Azimov, fakultet “Xotin-qizlar” kengashi raisasi D.N.Naimova, gurux murabbiylari N.Z.Gaybulloeva, N.N.Bebutova, B.B.To’raqulova, H.Saidova, S.Fayziyev, M.Azimova, D.Giyasova, B.Azizov  va ota-onalar ishtirok etdilar.

Ota-onalar yig’ilishi fakultet dekani v.v.b. dots. H.R.Gaffarov ochib, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, ularning mohiyati va yoshlarimizga yaratilib berilgan imkoniyatlari xaqida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi. Buguni va boshqaruv tizimi, bugungi kundagi xar xil yot goyalar va ularning yoshlarimiz tarbiyasiga ta’siri va talabalarning tartib intizomi va ularning darslarga o’quv qurollari bilan ta’minlangan holda kelishlari ustidan nazorat qilish borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Guruxlarda talabalarning darsga qatnashishi, fanlardan o’zlashtirish darajasi, jamoat ishlaridagi ishtiroki, reyting bali va sababsiz  dars qoldirgan talabalarga nisbatan qo’llanilgan chora tadbirlar yuzasidan o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini F.F.Kazakov so’zga chiqib, guruxlar bo’yicha ma’lumot berdi. Ko’p dars qoldirgan va o’zlashtirish ko’rsatkichlari past bo’lgan talabalarning ota-onalari ogoxlantirildi.

Shundan so’ng fakultet MMIB dekan muovin O’.N.Azimov so’zga chiqib yig’ilganlarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” 2017 yil 7 fevraldagi  PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda ” O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” ning mamlakat va jamiyatimiz uchun ahamiyati, mazmuni va mohiyatini keng targ’ib qilish, talaba-yoshlar va professor-o’qituvchilar, ota-onalarga tushuntirib berildi,  institut va fakultet tarixi, tarkibiy tuzilishlari bo’yicha ma’lumotlar taqdim qilib, o’z prezentaciyasini namoyish qildi.

Shu qatorda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori va O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to’g’risidagi NIZOM bilan ota-onalar batafsil tanishtirildi. Talabalar o’rtasida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish to’g’risida kerakli ko’rsatma va topshiriqlar berilib, ogoxlantirildi.

Kun tartibidagi keyingi masala bo’yicha fakultet “Xotin-qizlar kengashi” raisasi D.N.Naimova so’zga chiqib, institut ichki tartib qoidalari: salomlashish odobi, kiyinish madaniyati, talabalarni jamoatchilik o’rtasida o’zini tutish, institut odob-axloq qoidalariga rioya qilishi ustidan ota-onalar ham nazorat qilishlari haqida alohida to’xtalib o’tdi.  Masala yuzasidan ota-onalar bilan fikr almashildi.

Shu yo’nalish talabalari tomonidan Kiyinish odobi, odob-axloq qoidalarini targ’ibot etish bo’yicha she’r va juda qiziqarli aytishuvlar aytib, sahna ko’rinishi namoyish etildi.

Ishtirokchilarga “SHUKRONALIK” video lavxasi namoyish etilib, o’zaro fikr almashildi.

Yig’ilish so’ngida  24-15 YESTJ  guruxidan Eshmamatov J., Hayitmurodov Sh. 22-15 YESTJ To’lqinov S.,Raxmatova G.,Xudayarova F.  26-15 YESTJ O’rayev R., Ibragimov S., Ergasheva L., 30-15 ESTJJabborov N., Yo’ldoshev A. 32-15 YESTJ Ramazonova R., Shoyimova M., Nasriyev A., Mardonov M. va boshqa jami  21 nafar talabalar ota-onalariga “TASHAKKURNOMA”, “Faxriy yorliq”larini fakultet dekani v.v.b dots. H.R.Gaffarov, o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini F.F.Kazakov, fakultet MMIB dekan muovin O’.N.Azimov, fakultet “Xotin-qizlar kengashi” raisasi D.N.Naimovalar tomonidan topshirildi.

Yig’ilishda 32-15 YESTJ Yusupov Mirjonning onasi 24-15 YESTJ Jumayeva Diloromning otasi so’zga chiqib, fakultet raxbariyati o’rtasida fikr almashilib, bundan keyingi aktiv munosabatlar yuzasidan kelishib olindi, ota-onalar tomonidan berilgan bir qator savollarga tegishli javoblar berildi.

Share this post

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *


});});