Blog

Joriy yilning 6-dekabr kunida Buxoro muhandislik-texnologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor R. Haitov kirish so‘zi bilan ochib berdi va 8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan barchani mamnuniyat ila qutladi.

Tadbir doirasida ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi I.Hamdamov, institut yuristkonsulti Sh.Toshquvvatovlar “Saylov demokratiya ko‘zgusi”, “Konstitutsiyamiz – xalqimiz azaliy orzusining amaliy ifodasi”, “Korrupsiyaga qarshi kurashda qonunlarning o‘rni” kabi mavzularda nuqt so‘zladilar.

Tadbirda talabalarning, konstitutsiya va davlat ramzlari to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi videorolik namoyishi o‘tkazildi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga Ona vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar va raqslar guldastasi tuhfa etildi.

Bunday tadbirlar har tomonlama etuk kadrlarni tarbiyalashga, ular qalbiga vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *