BUXORO ZAMINIDAGI YETTI BUYUK AVLIYO–PIRLARNI ZIYORATGOHLARIGA SAYOHAT

Back to Posts
Posted by: Farrux To'raqulov Category: Yangiliklar Post Date: 04/19/2019

Buxoro qadimiy tabarruk go‘sha. Insoniyat tamadduni beshiklaridan bo‘lmish ushbu zaminda ne-ne buyuk allomalar, diniy va dunyoviy ilm egalari yashab, ijod qilgan. Bugungi kunda ular mangu qo‘nim topgan maskanlarni yanada obod etib, bu joylarda ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bir guruh talabalar va murabbiylar jamoasi yetti pir ziyoratgohlari bo‘ylab sayohat uyushtirishdi. Talabalar Abduxoliq G‘ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me’moriy majmualarini tomosha qilishdi, ularning tarixlarini o‘rganishdi.
Bu kabi sayoxatlar uyushtirishdan asosiy maqsad, talabalarni yanada chuqurroq tariximizni o‘rganishga undash, vatanimiz, bobokalonlarimizga bo‘lgan xurmatini oshirish, tariximiz, ajdodlarimizga nisbatan faxr tuyg‘usini oshirish, sayoxatlar davomida yoshlarni faollikga, bir jamoa bo‘lib ishlashga chorlash va shu orqali o‘sib kelayotgan yoshlarni vatanimiz rivojiga xissa qo‘shishga chaqirishdan iborat.

Back to Posts