O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIYLARI VA ULARNING OILA A`ZOLARINI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASHGA OID QO’SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIYLARI VA ULARNING OILA A`ZOLARINI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASHGA OID QO’SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

14.05.2018 y.

N PQ-3726

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIYLARI VA ULARNING OILA A`ZOLARINI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASHGA OID QO’SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA

 

Milliy armiyani izchillik bilan qurish va isloh qilishning qisqa davri ichida harbiy boshqarish tizimi va uni zamonaviy qurol-astlaha va harbiy texnika bilan jihozlash darajasi keskin o’zgardi.

Murakkab, keskin o’zgaruvchan, avvalam bor bir-biriga bog’lik xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va radikalizmning kuchayishi, mamlakatimiz chegaralari yaqinida to’xtamayotgan qurolli mojarolar, yoshlar o’rtasida xalqimizga yod bo’lgan g’oyalarning tarqatilishi sharoitlarida, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariharbiylari har kuni harbiy-xizmat vazifalarni bajarib kelmoqdalar. Harbiy xizmatchilarning yangi xizmatni o’tash joylariga, shu jumladan, iqlim sharoitlari og’ir bo’lgan uzoq garnizonlarga ko’chib o’tishi natijasida, ularning farzandlari ta’lim muassasalarini doimiy ravishda o’zgartirib turishadi, mazkur holat esa ular tomonidan olinayotgan bilimlar sifatiga ta’sir ko’rsatmoqda.

Vujudga kelgan vaziyatni e’tiborga olgan holda, harbiy xizmatlari doimiy harbiy tayyorgarlik holatida o’tayotganligini hisobga olib, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ruhiy holatini saqlab qolish va qo’llab-quvvatlash, ularning oila a’zolariga bo’lgan g’amxo’rlikka alohida e’tibor qaratilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini yanada ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ma’naviy-ruhiy holatini mustahkamlash maqsadida:

 

  1. 2018/2019 o’quv yilidan boshlab shunday tartib o’rnatilsinki, unga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi oficerlari, shartnoma bo’yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi (keyingi o’rinlarda – vazirlik va idoralar) farzandlari uchun:

respublika oliy ta’lim muassasalari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko’rsatkichlari kvotasidan tashqari;

harbiy oliy ta’lim muassasalariga kursantlarning umumiy qabul sonidan bakalavriyatga qabul qilishning besh foizli kvotasi ajratiladi (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari).

 

  1. Belgilansinki:
  2. a) mazkur qarorning 1-bandigamuvofiq respublikaning oliy ta’lim muassasalari va oliy harbiy ta’lim muassasalariga (keyingi o’rinlarda – ta’lim muassasalari) kvota asosida kirish hamda davlat granti asosida ta’lim olish huquqi mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo’shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan va tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalariga ega bo’lgan xizmatdagi oficerlar, shartnoma bo’yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlarning (keyingi o’rinlarda – harbiy xizmatchilar) farzandlariga beriladi;
  3. b) ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi hamda joylar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari natijasi bo’yicha to’plangan ballardan kelib chiqqanholda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi;
  4. v) oliy ta’lim muassasalariga farzandlari o’qishga kirishi uchun harbiy xizmatchilarga beriladigan tavsiyanomalar, tavsiyanomalarni berish to’g’risidagi qabulqilinadigan qarorlarning holisligi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadigan, harbiy xizmatchilarning (boshliqlarning) bevosita komandirlarining iltimosnomalari asosida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan beriladi;
  5. g) tavsiyanomalar farzandlarning oliy ta’lim muassasasiga bir marta kirishi uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi;
  6. d) abiturientda tegishli vazirlik va idora tomonidan berilgan tavsiyanomaning mavjudligi holatida, shuningdek, muddatli harbiy xizmat nihoyasiga etgandan keyin harbiy qismning qo’mondonligi tomonidan, muddatli harbiy xizmat muddati tugaganidan so’ng harbiy qism qo’mondonligi tomonidan berilgan, tavsiyanomada nazarda tutilgan qo’shimcha yig’ilgan ballarni hisobga olgan holda, uni o’qishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o’tkaziladigan test sinovlari natijasi bo’yicha tanlov asosida amalga oshiriladi;
  7. e) tavsiyanoma blanklari qat’iy hisobot hujjatni hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, raqami va himoyalanish darajasiga ega bo’lib, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
  8. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar o’rtasida oliy ta’lim muassasalariga besh foizli qabul kvotasining umumiy har yili taqsimlanadigan joylari quyidagi nisbatda taqsimlansin:

Mudofaa vazirligi – 44 foiz;

Ichki ishlar vazirligi – 10 foiz;

Favqulotda vaziyatlar vazirligi – 3 foiz;

Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirligi – 1 foiz;

Davlat xavfsizlik xizmati – 30 foiz;

Milliy gvardiya – 10 foiz;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xavfsizlik xizmati 2 foiz.

  1. Belgilansinki, 2018/2019 o’kuv yilidan boshlab Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oficerlar, shartnoma bo’yicha xizmatqilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi, harbiy xizmatni o’tashda halok bo’lgan, shuningdek, harbiy xizmatni o’tashda yarador bo’lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo’lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo’lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriyatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) tanlovsiz qabul qilinadilar.
  2. Vazirliklar va idoralarga 2018/2019 o’kuv yillaridan oldin to’lov-shartnoma asosida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriyatlariga o’qishga kirgan, xarbiy xizmat vazifalarini bajarish chog’ida halok bo’lgan oficerlar, shartnoma bo’yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlarning farzandlari uchun byudjetdan tashqari mablag’lar xisobidan shartnomalarni to’lashga ruxsat etilsin.
  3. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari farzandlarini kvota asosida respublikaning oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishi uchun tavsiyanomalarni berish tartibi to’g’risidagi Nizom loyihasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti                                     SH. Mirziyoev

 

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 18 may