2021 yil 17 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi «Ipak yo`li» Turizm xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro Turizm texnikumida «Turizm» yo’nalishi T 2-20 guruhida..

2021 yil 17 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi «Ipak yo`li» Turizm xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro Turizm texnikumida «Turizm» yo’nalishi T 2-20 guruhida «Biznesni tashkil etish va yuritish» fanidan «Biznes reja ishlab chiqish asoslari” mavzusida Buxoro muhandislik texnologiya instituti «Menejment» kafedrasi katta o’qituvchisi Musayeva Jamila Karomatovna rahbarligida mahorat darsi o’tkazildi.

Mahorat darsini BMTI «Menejment» kafedrasi katta o’qituvchisi Musayeva J.K. kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyot sharoitida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish maqsadida davlatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohada islohotlar hamda chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini, ko‘plab yoshlarimiz bu sohada qiziqishlari oshib borayotganligini aytdi. Agar biz iqtisodiyotimizni, ijtimoiy sohani yanada yuksaltiramiz, desak tadbirkorlikni rivojlantirishimiz zarurligini misollar bilan tushuntirdi.

BMTI “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musayeva J.K. «Biznesni tashkil etish va yuritish» fanidan “Biznes reja ishlab chiqish asoslari” mavzusi doirasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va biznesni kengaytirishda albatta biznes rejaning muhimligi va raqobat muhitini tahlil qilishda, loyihaning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga imkon berishini, biznes rejani kim tuzishi va u qanday tuzilishi taqdimot asosida misollar bilan qiziqarli ma’lumot berdi. Shuningdek biznes rejani tuzishda barcha jihatlarni e’tiborga olmaslik yoki kamchiliklarni yashirish hisob-kitob ishlarini chalkashtirishiga olib kelishi, bu esa korxona faoliyatini izdan chiqarishi yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi tushuntirdi. Mavzu doirasida klaster asosida biznes reja bo‘limlari, faoliyat turiga qarab tuzish tartibi, biznes rejaning vazifani tushuntirdi. Mahorat darsida o’quvchilar orasida o’zining biznesini boshlamoqchi bo’lgan talaba yoshlar biznes rejani tuzishda qo’yilgan talablar, biznes reja bo’limlari, standart va nostandart tuzilishi, bo’limlarning tavsifi va korxonaning muvaffaqiyatga erishish sirlari haqidagi nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko’nikma hosil qilishdi. Talabalar bu sohada o’zi qiziqqan barcha savollarga ijobiy javob olishdi. Talabalar ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi hamda ko’nikmalar hosil qilishdi. javoblar oldilar. Sohaga qiziqqan T 2-20 guruhi talabalari savol-javoblarda faol ishtirok etdilar va o‘zlari uchun foydali malumot oldilar. Mahorat darsi davomida talabalarning nazariy bilimlari amaliy bilimlar bilan yanada boyitildi.

 

Buxoro turizm texnikumi direktori:                                                                            Adizov  A.T.

BMTI “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi:                                                    Musayeva J. K.

“Tabiiy va gumanitar  fanlar” kafedrasi o’qituvchisi:                                           Raxmonova F. S.