“MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSH HUQUQLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TARG‘IBOTIDAN LAVHALAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2020-yil 5-6 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig’ilishning 42-son bayoni qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuni va ushbu sohani tartibga soladigan huquqiy manbaalar to’g’risida ma’lumot berish maqsadida, 2020–yil 30-oktabr kuni institut axborot-resurs markazi xodimlari N. Hakimova va G.Nosirovalar tomonidan barcha ARM xodimlariga seminar-trening o‘tkazildi. Xodimlarga “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida” slayd taqdimotlar orqali ma’lumotlar berildi va fikr almashildi.