14-YANVAR- VATAN HIMOYACHILARI KUNI

Assalomu alaykum .14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Vataniga sodiq bo`lgan mard insonlarni chin dildan tabriklayman.
Ona yurtimizni qo`riqlab yerda va ko‘kda, suvda va quruqlikda olib borayotgan mardona xizmatlaringiz tufayli diyorimizda tinchlik,osmonimiz musaffo, bolalarimizdan ko`nglimiz to`q, mo’tabar onalarimiz xotirjam,xalqimiz hayoti farovon ,yurtimiz oboddir.
Hayotingizni Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlab, mas’uliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotganingiz ucun Sizdek mard va jasur, el-yurtiga sadoqatli harbiylarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Qurolli Kuchlarimizning askar va ofitserlarini botir, vatanparvar insonlar etib tarbiyalagan barcha ota-onalarga katta RAHMAT ! ! !
O`ZBEKISTONIMIZNING OSMONI MUSAFFO BO`LSIN !
“O`zbek tili va adabiyoti “ kafedrasi o`qituvchisi: G.N.Izzatullayeva