Blog

QILGAN MEHNATLARIMIZ BESAMAR KETMADI!

Hammamizga ma`lumki, hozirgi karantin sharoitida institutimizda masofaviy ta`lim shakli (moodle tizimi) yo`lga qo`yilgan.

Shu bois barcha mashg`ulotlar masofaviy shaklda olib borilmoqda. Shuningdek, iqtidorli talabalarni fan olimpiadasiga tayyorlashda ham masofaviy ta`lim shaklidan foydalanib o`z maslahatlarimizni berib bormoqdamiz. Talabalar o`rtasidagi fan olimpiadasining Respublika bosqichida salmoqli natijalarni qo`lga kiritmoqda. Bu esa institutimizning reytingi va nufuzini yanada yuqoriroq ko`tarishga xizmat qiladi.

2020 yil 03 may kuni Buxoro muxandislik-texnologiya instituti “Yengil sanoat xom ashyolarini dastlabki ishlash” fanidan online tarzda bo`lib o`tgan respublika fan olimpiadasiga mezbonlik qildi. Online olimpiadani “Texnologik mashina va jihozlar” kafedra mudiri F.A. Qurbonov boshchiligidagi kafedra a`zolari PhD. O.I.Rajabov, katta o`qituvchilar A.S. Abrorov, M.H. Gapparovalar tashkillashtirishda o`zlarining mehnatlarini ayamasdan xizmat qildilar.

Online tarzda bo`lib o`tgan mazkur olimpiadani ko’tarinki rux va yuqori saviyada o’tkazishda, tashkiliy masalalar bo’yicha kafedramizning yetakchi professor-o’qituvchilaridan PhD. O.I.Rajabov, katta o`qituvchilar A.S. Abrorov, M.H. Gapparova hamda iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’lim boshlig`i M.R.Quvonchevalar jonbozlik ko’rsatishdi. Kafedramiz professor-o`qituvchilarining say harakatlari besamar ketmadi. “Yengil sanoat xom ashyolarini dastlabki ishlash” fanidan o`tkazilgan Respublika olimpiadasida talabalarimiz  muvaffaqiyatli ishtirok etishishdi. Bunda “To`qimachilik va charm sanoat” fakulteti 418-17 TJ (xk) guruh talabalari Tolibov Sohibjon birinchi o`rinni hamda Jumayev Shaxrillo esa faxrli  ikkinchi o`rinni egallashdi. Albatta ushbu talabalarimizni bunday yuqori natijani egalashiga kafedramiz jonkuyar ustozlari dots. F.A. Qurbonov, dots. O.I. Rajabov, katta o`qituvchilar A.S. Abrorov va M.H. Gapparovalarning xizmatlari beqiyos.

O`z navbatida shuni takidlab o`tish joizki, oxirgi paytlarda institutimizda olib borilayotgan oqilona islohotlar natijasida iqtidorli talabalarni aniqlash va qo`llab quvvatlash hamda ularning iqtidorini namoyon qilishning oddiy bir misoli sifatida ko`rishimiz mumkin. Kafedra jamoasi ushbu olimpiadani o`tkazishda barcha sharoitlarni yaratib berganlari uchun institut rahbariyatiga o`z minnatdorchiligini bildiradi.

  “Texnologik mashina va jihozlari“ kafedrasi

dotsenti O.I.Rajabov

Share this post

Leave a Reply

Your email address will not be published.