Blog

02.00.017-Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari ixtisosligi bo’yicha Ilmiy seminarda dissertatsiyalar muhokamasi o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestaciya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31-maydagi 239/3-son qarori bilan tasdiqlangan «Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash to’g’risida» gi Nizomning 35-bandiga va Oliy attestatsiya komissiyasi raisining qaroriga asosan Buxoro muhandislik texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.101.01 raqamli ilmiy kengash asosida 02.00.17-Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari ixtisosligi bo’yicha bir martalik  Ilmiy kengash  tashkil etildi va mazkur kengash qoshidagi Ilmiy  seminarda 2020 yil 10 noyabr kuni mustaqil izlanuvchi Dilmurod Xolmurodovich Bozorovning «Mayonez tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish» mavzusidagi hamda Dilbar Jo’raqulovna Xo’jaqulovaning «O’simlik moylarini dezodoraciyalash texnologiyasini takomillashtirish» mavzusidagi dissertaciya ishlarining  muhokamasi bo’lib o’tdi.

Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar a’zolari va taklif etilganlar tomonidan qizg’in muhokama qilinib, mavjud kamchiliklar bartaraf etilgandan so’ng rasmiy himoya uchun Ilmiy kengashga topshirishga tavsiya etildi.

Share this post