FRANK-VAL`TER SHTAYNMAYER: O’ZBEKISTON O’Z YOSHLARI BILAN HAR QANCHA FAXRLANSA ARZIYDI

FRANK-VAL`TER SHTAYNMAYER: O’ZBEKISTON O’Z YOSHLARI BILAN HAR QANCHA FAXRLANSA ARZIYDI

Avval xabar berilganidek, Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Val`ter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo’lib turibdi.

Oliy martabali mehmon 29 may kuni Urganch davlat universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi.

Mazkur universitet mamlakatimizdagi yirik bilim maskanlaridan biri bo’lib, undagi 10 fakul`tetda 47 ta ta’lim yo’nalishida 13 mingga yaqin talaba va magistr ta’lim olmoqda. Oliy ta’lim muassasasida xorijiy davlatlardan kelgan 1 ming 192 nafar talaba tahsil olmoqda. Universitet o’qituvchi va professorlarining soni 654 nafarni tashkil etadi.

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Val`ter Shtaynmayer universitet professor-o’qituvchilari va talabalari bilan suhbatda bo’ldi. Qizg’in savol javoblarga boy o’tgan uchrashuvda O’zbekistonda ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo’lib ulg’ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.